Yosh olimlar 4-jild 41-son (2026) · 129–133-betlar
NLR VA CRPNING APPENDITSITDA PROGNOSTIK AHAMIYATI
Xayitova, Mushtariybegim
DOI: 10.5281/zenodo.20096434 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘tkir appenditsitda neytrofil-limfotsit nisbati (NLR) va C-reaktiv oqsil (CRP) ko‘rsatkichlarining prognostik ahamiyati tahlil qilingan. O‘tkir appenditsit klinik belgilari har doim ham aniq namoyon bo‘lmasligi sababli laborator markerlar tashxisni aniqlashtirish, murakkab appenditsit xavfini baholash, perforatsiya ehtimolini prognozlash va davolash taktikasini tanlashda muhim o‘rin tutadi. NLR umumiy qon tahlili asosida tez hisoblanadigan, arzon va qulay yallig‘lanish ko‘rsatkichi bo‘lsa, CRP yallig‘lanish jarayonining davomiyligi va og‘irligini aks ettiruvchi muhim oqsil markeridir. Adabiyotlar tahlili NLR va CRPni alohida emas, balki klinik ko‘rinish, leykotsitoz, neytrofillar foizi, bilirubin va tasviriy diagnostika natijalari bilan birgalikda baholash appenditsit prognozini aniqlashda samaraliroq ekanini ko‘rsatadi.
appenditsit, NLR, CRP, C-reaktiv oqsil, neytrofil-limfotsit nisbati, murakkab appenditsit, perforatsiya, prognoz.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.