Yosh olimlar 4-jild 42-son (2026) · 4–9-betlar

UMUMTA’LIM TIZIMIDA O‘QITUVCHILARNING SIFAT FAOLIYATINI BAHOLASH

Sharipova, Umeda

DOI: 10.5281/zenodo.20105444 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida o‘qituvchilarning sifat faoliyatini baholash tizimini yaratishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim sharoitida o‘qituvchi faoliyatini baholash nafaqat nazorat vositasi, balki pedagogik mahoratni rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishning muhim mexanizmi sifatida qaralishi zarur. Maqolada xalqaro tajribalar, xususan, OECD davlatlari, Kosta-Rika, Indoneziya hamda Janubiy Sudan misolida o‘qituvchilarni baholash tizimlari tahlil qilingan. Shuningdek, baholash tizimining asosiy komponentlari — pedagogik kompetensiyalar, shaxsiy sifatlar, kasbiy rivojlanish va o‘quvchilar natijalari asosida tuzilgan konseptual model taklif etilgan. Maqola yakunida umumta’lim maktablari uchun o‘qituvchilar faoliyatini baholashning kompleks tizimini joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.

o‘qituvchi faoliyatini baholash, sifat faoliyati, pedagogik kompetensiya, reyting tizimi, refleksiya, kasbiy rivojlanish, baholash mezonlari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.