Yosh olimlar 4-jild 42-son (2026) · 107–111-betlar
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI BOSHLANGʻICH TA’LIMDA QOʻLLASH: IMKONIYAT VA MUAMMOLAR
Majidov, Navro‘zbek
DOI: 10.70413/yo-v04-i42-p1-022 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati, imkoniyatlari va mavjud muammolari tahlil qilinadi. Xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quvchilarning bilim olish jarayonini samarali tashkil etish, ularning qiziqishini oshirish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, raqamli vositalardan foydalanishda uchraydigan muammolar — texnik infratuzilmaning yetarli emasligi, pedagoglarning raqamli kompetensiyasi pastligi va xavfsizlik bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi. Maqolada ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ham beriladi. Natijada, raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish orqali ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari asoslab beriladi.
Raqamli texnologiyalar, boshlang‘ich ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), interaktiv ta’lim, elektron resurslar, masofaviy ta’lim, pedagogik innovatsiyalar, raqamli kompetensiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.