Yosh olimlar 4-jild 42-son (2026) · 151–156-betlar

MILLIY TARAQQIYOTNING YANGI SHAROITIDA KASABA UYUSHMALARINING HUQUQIY VA TASHKILIY ASOSLARI

Djalilov, Zoir

DOI: 10.5281/zenodo.20133015 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi davrda kasaba uyushmalarining huquqiy maqomi, tashkiliy tizimi va faoliyat yo‘nalishlarining yangilanishi tahlil qilinadi. Mustaqillik arafasida sovet davridan meros bo‘lib qolgan markazlashgan profsoyuz tizimini milliy davlatchilik, bozor iqtisodiyoti va fuqarolik jamiyati talablariga moslashtirish zarurati yuzaga kelgani ochib beriladi. Shuningdek, 1990–1991-yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining shakllanishi, 1992-yilgi qonunchilik asoslari, xalqaro va mintaqaviy aloqalarning qayta ko‘rib chiqilishi, ijtimoiy sheriklik tizimi hamda tashkiliy optimallashtirish jarayonlari ilmiy jihatdan yoritiladi. Maqolada kasaba uyushmalarining yangi tarixiy sharoitda xodimlar huquqlari, mehnat manfaatlari va ijtimoiy himoyani ta’minlovchi institut sifatida shakllanishiga e’tibor qaratiladi.

kasaba uyushmalari, mustaqillik, huquqiy maqom, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, ijtimoiy sheriklik, jamoa shartnomasi, mehnat huquqlari, fuqarolik jamiyati, tashkiliy islohotlar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.