Yosh olimlar 4-jild 42-son (2026) · 161–167-betlar
HUQUQ SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA LEGALTECH TIZIMLARINING RIVOJLANISHI
RO'ZIBOYEVA, MOHLAROYIM, ISMOILOVA, DILRABO
DOI: 10.5281/zenodo.20133363 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Bugungi kunda dunyo miqyosida axborot texnologiyalari mislsiz darajada rivojlanmoqda. Raqamlashtirish jarayonlari iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot, davlat boshqaruvi kabi ko‘plab sohalarga chuqur kirib bordi. Shu bilan birga huquq tizimi ham zamonaviy texnologiyalar ta’sirida sezilarli ravishda o‘zgarib bormoqda. Ilgari faqat qog‘oz hujjatlar, an’anaviy sud jarayonlari va oddiy yuridik xizmatlar bilan cheklangan huquq sohasi bugungi kunda elektron tizimlar, sun’iy intellekt, raqamli ma’lumotlar bazalari va avtomatlashtirilgan platformalar bilan chambarchas bog‘lanib ketdi.Huquq va axborot texnologiyalarining birlashuvi natijasida “LegalTech” deb nomlanuvchi yangi yo‘nalish shakllandi. LegalTech — bu huquqiy faoliyatni avtomatlashtirish, yuridik xizmatlarni raqamlashtirish hamda huquqiy axborotlardan foydalanishni yengillashtirishga qaratilgan texnologiyalar tizimidir.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.