Yosh olimlar 4-jild 43-son (2026) · 65–68-betlar

BOLALARNING NUTQDAGI BOYLIGINI OSHIRISHDA MAQOLLARNING O‘RNI

O’rolova, Muhayyoxon

DOI: 10.5281/zenodo.20137861 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada bolalar nutqini rivojlantirishda xalq og‘zaki ijodining muhim janrlaridan biri bo‘lgan maqollarning pedagogik ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yoshidagi bolalarda nutq boyligini shakllantirish, lug‘at zahirasini kengaytirish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish hamda axloqiy-estetik tarbiyani takomillashtirishda maqollarning o‘rni yoritiladi. Maqollar xalqning ko‘p asrlik hayotiy tajribasi, dunyoqarashi va ma’naviy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bolalarning so‘z boyligini oshirish, obrazli tafakkurini rivojlantirish va muloqot madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida maqollardan foydalanishning samarali metodlari, jumladan suhbat, izohli o‘qish, rolli o‘yin, rasm asosida hikoya tuzish va ijodiy topshiriqlar tahlil qilinadi. Shuningdek, davlat ta’lim siyosatida bolalar nutqini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar ham ko‘rib chiqiladi. Xulosa sifatida maqollarni tizimli ravishda o‘quv-tarbiyaviy jarayonga kiritish bolalarning nutqiy kompetensiyasini oshirishning samarali vositasi ekanligi asoslab beriladi.

nutq rivoji, maqol, xalq og‘zaki ijodi, lug‘at boyligi, maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik yondashuv, ma’naviy tarbiya, kommunikativ kompetensiya, bolalar tafakkuri.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.