Yosh olimlar 4-jild 43-son (2026) · 69–71-betlar
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI MOSLASHISH DAVRDA BOLALARNI QO’LLAB-QUVVATLASH
O’rolova, Muhayyoxon
DOI: 10.5281/zenodo.20137944 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning bog‘chaga moslashuvi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bolalar uchun yangi muhit – bu nafaqat yangi o‘yinlar va do‘stlar, balki psixologik sinov hamdir. Shu sababli moslashish davrida ularga to‘g‘ri yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi.Psixologlar fikriga ko‘ra, moslashish jarayoni har bir bolada turlicha kechadi. Ba’zi bolalar tez moslashsa, boshqalarda bu jarayon uzoq davom etadi. Shu davrda tarbiyachilar va ota-onalar hamkorligi hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Tarbiyachilar bolalarga mehribonlik bilan yondashib, ularni asta-sekin jamoaga jalb etishlari lozim. Dastlabki kunlarda qisqa vaqt davomida bog‘chada qolish, sevimli o‘yinchoqlarni olib kelish va bolaning his-tuyg‘ulariga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. Bu esa bolaning xavotirini kamaytiradi va ishonchini oshiradi.Ota-onalar ham bu jarayonda faol ishtirok etishlari zarur. Ular bolani ruhiy jihatdan tayyorlab, bog‘cha haqida ijobiy tasavvur uyg‘otishlari kerak. “Bog‘chada sen yangi do‘stlar topasan”, kabi ijobiy gaplar bolaga motivatsiya beradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.