Yosh olimlar 4-jild 43-son (2026) · 114–118-betlar

RAQAMLI MEDIA MUHITIDA FEYK AXBOROTLARNING INQIROZ KOMMUNIKATSIYALARIGA TA’SIRI

Nasriddinova, Mashhura

DOI: 10.5281/zenodo.20152913 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli media muhitida feyk axborotlarning tarqalish xususiyatlari hamda ularning inqiroz kommunikatsiyalariga ta’siri tahlil qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda manipulyativ va tasdiqlanmagan ma’lumotlarning tez ommalashuvi auditoriya ishonchining pasayishi, reputatsion xavflarning kuchayishi hamda kommunikativ jarayonlarning murakkablashuviga olib kelishi yoritilgan. Shuningdek, antiinqiroz PR strategiyalarining ahamiyati, media monitoring, fact-checking tizimlari va tezkor rasmiy kommunikatsiya mexanizmlarining samaradorligi tahlil etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zamonaviy PR texnologiyalaridan foydalanish inqirozli vaziyatlarda auditoriya ishonchini saqlash va reputatsion barqarorlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.

feyk axborot, raqamli media, inqiroz kommunikatsiyasi, antiinqiroz PR, PR strategiya, ijtimoiy tarmoqlar, reputatsion xavf, media monitoring, fact-checking, auditoriya ishonchi, kommunikativ jarayonlar, sun’iy intellekt.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.