Yosh olimlar 4-jild 43-son (2026) · 127–132-betlar
IPTV VA AN’ANAVIY TELEVIDENIENI QIYOSIY TAHLILI (IPTV VS DVB-T2 VS ANALOG)
Abdullaxadova, Bibioysha, Turgʻunov, Jumanazar
DOI: 10.5281/zenodo.20153862 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada IPTV va an’anaviy televidenie tizimlari telekommunikatsiya texnologiyalari nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida signal uzatish prinsiplari, tarmoq infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish sifati masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, kontent yetkazib berish usullari va foydalanuvchi imkoniyatlari o‘rtasidagi farqlar yoritiladi. An’anaviy televideniening radiochastota asosida ishlashi va keng qamrovga ega ekani tahlil qilinadi. IPTV tizimining esa internet tarmoqlariga bog‘liqligi va interaktiv xizmatlarni taqdim etish imkoniyati o‘rganiladi.Maqolada real sharoitlarda kuzatiladigan natijalarga alohida e’tibor qaratiladi. IPTV tizimida internet tezligi pasayganda uzilishlar va kechikishlar yuzaga kelishi mumkinligi ko‘rsatiladi. An’anaviy televidenieda esa signal sifati pasaygan taqdirda ham tasvir to‘liq yo‘qolmasdan, shovqinli ko‘rinishda saqlanib qolishi aniqlanadi. Shu bilan birga, spektr samaradorligi, sifat darajasi va texnik murakkablik kabi omillar ham qiyosiy baholanadi.
IPTV, an’anaviy televidenie, raqamli signal, telekommunikatsiya, signal uzatish, internet protokoli, tarmoq infratuzilmasi, xizmat sifati, kechikish, spektr samaradorligi, media texnologiyalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.