Yosh olimlar 4-jild 43-son (2026) · 171–177-betlar
"MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION USULLARI."
Sanginova, Gulnozaxon, Halimova, Muharramxon
DOI: 10.70413/yo-v04-i43-p1-058 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Kitobxonlik madaniyati – shaxsning kitobni tanlay bilishi, uni ongli o‘qishi, mazmunini tushunishi hamda undan hayotiy xulosalar chiqara olish qobiliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyati kitobga qiziqish va muhabbat, badiiy asarlarni tinglashga ishtiyoq, ertak va hikoyalarni tushunish hamda qayta hikoya qilish, qahramonlarga baho bera olish kabi jihatlar orqali namoyon bo‘ladi. Kitob bolaning nutqini boyitadi, so‘z boyligini oshiradi, tafakkurini rivojlantiradi va axloqiy fazilatlarni shakllantiradi. Maktabgacha yosh davrida bolalarning qiziqishlari tez o‘zgaruvchan bo‘lgani sababli an’anaviy o‘qitish usullari har doim ham kutilgan natijani bermaydi. Shu bois ta’lim jarayonida interaktiv metodlardan foydalanish bolalarni faol ishtirok etishga undab, ularning kitob va badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
kitobxonlik madaniyati, maktabgacha ta’lim, interaktiv metodlar, badiiy adabiyot, bolalar nutqi, pedagogik texnologiyalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.