Yosh olimlar 4-jild 44-son (2026) · 39–41-betlar

TALABALAR METODIK KONPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA AMALIY MASHG‘ULOTLARNING O‘RNI

Azimjonova, Shaxrizoda, Xo‘jabekova, Mukarramoy

DOI: 10.5281/zenodo.20174299 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Seminar mashg‘ulotlarida talabalarning terminologik kompetentligini rivojlantirishning zamonaviy usullari va interfaol texnologiyalarning samaradorligi keng ko‘lamda tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida terminologiya — bu nafaqat fan tushunchalarini o‘zlashtirish, balki ilmiy fikrlash, mantiqiy tahlil va amaliy bilimlarni shakllantirishning muhim omili hisoblanadi. Maqolada interfaol texnologiyalar — guruh ishlari, muhokama mashqlari, rol o‘yinlari, prezentatsiyalar va terminologik testlar kabi metodlarning afzalliklari, ularning talabalarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi o‘rni batafsil yoritilgan. Shu bilan birga, maqolada pedagoglarning individual yondashuvi, mashg‘ulotlarni motivatsion va qiziqarli tarzda tashkil etishning metodik tavsiyalari ham keltirilgan.

terminologik kompetentlik, interfaol texnologiyalar, amaliy mashg‘ulot, seminar, ta’lim samaradorligi

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.