Yosh olimlar 4-jild 44-son (2026) · 72–76-betlar
ZARBULMASAL ASARIDAGI MAQOLLARNING SEMANTIK TAHLILI
Mustafoqulova, Zarnigor
DOI: 10.5281/zenodo.20175712 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu ilmiy tezisda Muhammad Sharif Gulxaniyning Zarbulmasal asaridagi maqollarning semantik xususiyatlari, “zarbulmasal” terminining etimologiyasi hamda uning o‘zbek paremiologiyasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida “zarbulmasal” va maqol tushunchalarining o‘zaro munosabati, xalq og‘zaki ijodidagi funksional vazifalari, asarda qo‘llangan paremalarning ma’no qatlamlari va lingvomadaniy xususiyatlari ilmiy manbalar asosida yoritildi. Shuningdek, Gulxaniy asarida xalq maqollarining badiiy-estetik hamda tarbiyaviy vazifani bajarishi dalillar asosida ko‘rsatib berildi. Tadqiqotda tavsifiy, semantik, paremiologik va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi.
zarbulmasal, paremiologiya, maqol, Gulxaniy, semantik tahlil, xalq og‘zaki ijodi, parema, etimologiya, lingvomadaniyat, folklor.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.