Yosh olimlar 4-jild 45-son (2026) · 14–18-betlar

BOSHLANG'ICH SINFLARDA STEAM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA XALQARO BAHOLASHDAGI AHAMIYATI

Boyjigitov, Shuxrat, Sattorova, Zebiniso

DOI: 10.5281/zenodo.20195556 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda STEAM ta’lim texnologiyasini joriy etishning ahamiyati, uning xalqaro baholash tizimlari bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. STEAM yondashuvi fanlarni integratsiyalashgan holda o‘qitib, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, mantiqiy fikrlash, ijodkorlik va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. PISA va TIMSS dasturlari talablariga ko‘ra, o‘quvchilar bilimni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishi zarur. Shu jihatdan STEAM ta’limi ushbu kompetensiyalarni rivojlantirishga mos keladi. Maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida STEAMni joriy etish, laboratoriyalarni modernizatsiya qilish, raqamli resurslardan foydalanish va o‘qituvchilar malakasini oshirish jarayonlari ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari STEAM yondashuvi o‘quvchilarning akademik va ijodiy salohiyatini oshirishini ko‘rsatadi. Bu esa xalqaro baholashlarda yuqori natijalarga erishish va global raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

STEAM texnologiyasi, boshlang‘ich ta’lim, xalqaro baholash, PISA, TIMSS, integrativ ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv, mantiqiy fikrlash, kreativlik, muammoli ta’lim, raqamli ta’lim, innovatsion pedagogika, o‘quvchilar kompetensiyasi, fanlar integratsiyasi, ta’lim sifati.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.