Yosh olimlar 4-jild 45-son (2026) · 19–23-betlar

GLOBAL IQLIM OʻZGARISHLARI SHAROITIDA DORIVOR OʻSIMLIK TURLARI INTRODUKSIYALASH

Olimjonova, Maxliyoxon

DOI: 10.5281/zenodo.20201744 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishlari insoniyat va tabiat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu jarayon dorivor o‘simliklar uchun ham jiddiy muammolarni yuzaga keltiradi, chunki haroratning o‘zgarishi, yog‘ingarchilikning kamayishi yoki ko‘payishi, shuningdek, ekstremal iqlim hodisalari ularning o‘sishi, rivojlanishi va dorivor moddalari tarkibiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli, iqlim o‘zgarishlari sharoitida dorivor o‘simlik turlarini yangi hududlarga introduktsiya qilish (kiritish) dolzarb vazifa hisoblanadi. Introduktsiya jarayoni dorivor o‘simliklarning yangi ekologik sharoitlarga moslashishini, hosildorlik va dorivor xususiyatlarini saqlab qolishini ta’minlashga qaratilgan. Bunda, turlarni tanlashda ularning ekologik barqarorligi, genetik xilma-xilligi va ekotizimga ta’siri hisobga olinadi. Iqlim o‘zgarishlarining yangi tendentsiyalarini hisobga olgan holda, ilmiy tadqiqotlar orqali introduktsiya qilinadigan dorivor o‘simliklarning moslashuvchanligi va foydali xususiyatlari muntazam monitoring qilinadi. Shuningdek, agroekologik yondashuvlar asosida dorivor o‘simliklarni barqaror yetishtirish uchun yangi texnologiyalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Natijada, global iqlim o‘zgarishlari sharoitida dorivor o‘simlik turlarini introduktsiya qilish qishloq xo‘jaligi va farmatsevtika sohasida bioxilma-xillikni saqlab qolish hamda yangi resurslarni yaratishda muhim omil hisoblanadi.

globaliqlim o‘zgarishlari, dorivoro‘simlik turlari, introduktsiya jarroyni, ekologik moslashuvchanlik, genetikxilma-xillik, agroekotizim barqarorligi, hosildorlik monitoringi, dorivor moddalar tarkibi, iqlim prognozlari, bioxilma-xillik saqlash.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.