Yosh olimlar 4-jild 46-son (2026) · 106–111-betlar

G‘AZNAVIYLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI: SIYOSIY OMILLAR VA TARIXIY JARAYONLAR

Жораева, Дилдора

DOI: 10.5281/zenodo.20205171 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada G‘aznaviylar davlatining tashkil topishiga ta’sir ko‘rsatgan siyosiy, harbiy va ma’muriy omillar tahlil qilinadi. X asr oxirlarida Somoniylar davlatining ichki zaiflashuvi, turkiy g‘ulom lashkarboshilarining siyosiy mavqei ortishi, G‘azna shahrining strategik ahamiyati, Xuroson va Hindiston yo‘nalishidagi harbiy-siyosiy jarayonlar G‘aznaviylar hokimiyatining shakllanishiga zamin yaratdi. Maqolada Alptegin, Sabuktegin va Mahmud G‘aznaviy faoliyati orqali G‘azna hokimiyatining mahalliy harbiy tayanchdan mustaqil davlat darajasiga ko‘tarilish bosqichlari yoritiladi. Tadqiqotda G‘aznaviylar davlatining vujudga kelishi oddiy sulolaviy almashinuv emas, balki Sharqiy islom dunyosida harbiy elita, forsiy-islomiy boshqaruv tajribasi va mintaqaviy siyosiy kuchlar o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga kelgan tarixiy jarayon sifatida baholanadi.

G‘aznaviylarSomoniylarG‘aznaAlpteginSabukteginMahmud G‘aznaviyXurosonturkiy g‘ulomlarQoraxoniylarX asr

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.