Yosh olimlar 4-jild 45-son (2026) · 82–84-betlar
AVTOMOBILSOZLIKDA O‘LCHASH TEXNOLOGIYALARI TENDENSIYALARI VA ULARNING O’ZAUTO AUSTEMDA QO‘LLANILISHI
Qosimov, Ne’matillo
DOI: 10.5281/zenodo.20205673 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada avtomobilsozlik sanoatida o‘lchash texnologiyalarining zamonaviy tendensiyalari va ularning ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Hozirgi kunda avtomobil detallarini ishlab chiqarishda aniqlik darajasini oshirish, sifatni nazorat qilish hamda ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda ilg‘or o‘lchash texnologiyalarining o‘rni tobora ortib bormoqda. Maqolada kontaktsiz o‘lchash tizimlari, lazerli skanerlash, koordinat-o‘lchov mashinalari (CMM) va raqamli metrologiya kabi zamonaviy usullarning rivojlanish yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu texnologiyalarning O‘zAuto-Austem korxonasida qo‘llanilishi, ishlab chiqarish jarayonlarida aniqlikni oshirish va nuqsonlarni erta aniqlashdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ilg‘or o‘lchash texnologiyalarini joriy etish mahsulot sifatini yaxshilashga, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishga hamda xalqaro standartlarga moslikni ta’minlashga xizmat qiladi.
avtomobilsozlik, o‘lchash texnologiyalari, metrologiya, koordinat-o‘lchov mashinalari, lazerli skanerlash, kontaktsiz o‘lchash, raqamli texnologiyalar, sifat nazorati, O‘zAuto-Austem.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.