Yosh olimlar 4-jild 46-son (2026) · 125–128-betlar
HUJAYRA XUSUSIY ORGANELLALARI PATOLOGIYASIDAN KELIB CHIQADIGAN KASALLIKLAR
Samadova, Fotima, Komolova, Nozima
DOI: 10.5281/zenodo.20206019 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqola hujayra organellalarining (mitoxondriya, lizosoma, peroksisoma, endoplazmatik toʻr, golji apparati va peroksisomalar) patologiyasi natijasida yuzaga keladigan kasalliklarni koʻrib chiqadi. Organellalar hujayra hayotiy faoliyatining asosiy birliklari boʻlib, ularning disfunksiyasi metabolik, neyrodegenerativ va irsiy kasalliklarga olib keladi. Maqolada mitoxondrial kasalliklar (MELAS, Leigh sindromi), lizosomal saqlash kasalliklari (Tay-Sachs, Gaucher), peroksisomal buzilishlar (Zellweger sindromi) va boshqa organellalar patologiyasi tahlil qilinadi. Maqsad — tibbiyot talabalari va mutaxassislar uchun ushbu kasalliklarning mexanizmlari, klinik koʻrinishlari va diagnostikasiga oid umumiy maʼlumot berishdir. Kalit soʻzlar: hujayra organellalari, mitoxondrial kasalliklar, lizosomal saqlash kasalliklari, peroksisomal buzilishlar, golji apparati patologiyasi, irsiy patologiya, metabolik kasalliklar, molekulyar tibbiyot, neyrodegeneratsiya.
hujayra organellalarimitoxondrial kasalliklarlizosomal saqlash kasalliklariperoksisomal buzilishlargolji apparati patologiyasiirsiy patologiyametabolik kasalliklarmolekulyar tibbiyotneyrodegeneratsiya.hujayra organellalari
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.