Yosh olimlar 4-jild 45-son (2026) · 145–150-betlar

INGLIZ TILIDAGI JARGON SO‘ZLARNING DIALOGDA ISHLATILISH MADANIYATI

Uktamova, Umida

DOI: 10.5281/zenodo.20265248 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur ilmiy tezisda ingliz tilidagi jargon so‘zlarning dialogik nutqda qo‘llanish xususiyatlari, ularning kommunikativ vazifalari hamda madaniy jihatlari tahlil qilinadi. Jargon birliklari zamonaviy ingliz tilining muhim qatlamlaridan biri bo‘lib, ular ijtimoiy guruhlar, yoshlar submadaniyati, kasbiy muhit va internet kommunikatsiyasida keng qo‘llanadi. Tadqiqot davomida jargonlarning dialogdagi pragmatik vazifalari, emotsional-ekspressiv xususiyatlari va madaniyatlararo kommunikatsiyadagi o‘rni ilmiy adabiyotlar asosida yoritildi. Shuningdek, jargon birliklarining nutq madaniyatiga ta’siri hamda ularni qo‘llashda ijtimoiy me’yorlarning ahamiyati ko‘rsatib berildi. Tadqiqot natijalari ingliz tilshunosligi, sotsiolingvistika va pragmatika yo‘nalishlari uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega.

jargon, dialogik nutq, kommunikatsiya, sotsiolingvistika, pragmatika, ingliz tili, nutq madaniyati, submadaniyat, lingvistik birlik, ekspressivlik, madaniyatlararo muloqot.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.