Yosh olimlar 4-jild 45-son (2026) · 151–156-betlar
KORXONA MOLIYAVIY NATIJALARINI SHAKLLANTIRISHDA DAROMADLAR VA XARAJATLARNING O‘RNI
Aymuxammedova, Amina
DOI: 10.5281/zenodo.20265307 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur ilmiy tezisda korxona moliyaviy natijalarini shakllantirishda daromadlar va xarajatlarning iqtisodiy mohiyati, ularning tarkibi, tasnifi hamda korxona foydasiga ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Korxonalarda moliyaviy natijalarni shakllantirish jarayonida daromad va xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olishning ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, foyda ko‘rsatkichlarini shakllantirishda ishlab chiqarish tannarxi, davr xarajatlari, asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar hamda moliyaviy faoliyat natijalarining o‘rni yoritilgan. Tadqiqot davomida iqtisodiy tahlil, qiyosiy taqqoslash, statistik va normativ-huquqiy tahlil usullaridan foydalanilgan. Korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlashda xarajatlarni optimallashtirish va daromadlarni oshirishning iqtisodiy samaradorligi asoslab berilgan.
Moliyaviy natija, daromad, xarajat, foyda, zarar, mahsulot tannarxi, sof foyda, rentabellik, moliyaviy barqarorlik, iqtisodiy samaradorlik, buxgalteriya hisobi, korxona faoliyati.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.