Yosh olimlar 4-jild 45-son (2026) · 161–167-betlar
OILAVIY ZO‘RAVONLIKKA QARSHI KURASHNING HUQUQIY MEXANIZMLARI: O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGIDAGI ISLОHOTLAR VA XALQARO TAJRIBA TAHLILI
Hafizov, Diyorbek
DOI: 10.5281/zenodo.20265582 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikka qarshi kurashning huquqiy-mexanizmlarini tahlil etishga bag‘ishlangan. 2019–2024 yillar oralig‘ida qonunchilikka kiritilgan tizimli o‘zgarishlar, jumladan, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun, Jinoyat kodeksining 1261-moddasi va 2024-yil oktabrdagi O‘RQ 978-son qonunning mazmuni ochib beriladi. Maqolada Yevropa Kengashining Istanbul Konvensiyasi, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Skandinaviya mamlakatlari tajribalari O‘zbekiston modeli bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, professor G‘afur Abdumajidovning jinoyat protsessual huquqi va kriminalistika sohasidagi ilmiy qarashlari oilaviy zo‘ravonlikni huquqiy tartibga solish nuqtayi nazaridan baholanadi. Tadqiqot natijasida qonunchilik rivojlanishining ijobiy dinamikasi qayd etilib, himoya orderi instituti, jabrlanuvchilarning isbotlash yukidan ozod etilishi va sud-huquq tizimining ixtisoslashuvi kabi dolzarb masalalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
oilaviy zo‘ravonlik, himoya orderi, aybsizlik prezumpsiyasi, Istanbul Konvensiyasi, Jinoyat kodeksi, ixtisoslashgan sudlar, G‘afur Abdumajidov, gender tenglik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.