Yosh olimlar 4-jild 47-son (2026) · 63–65-betlar
INGLIZ VA QORAQALPOQ TILLARIDA “YAXSHILIK” VA “YOMONLIK” KONTSEPTLARINING PAREMIOLOGIK IFODASI
Trapova, Guliraʼno
DOI: 10.5281/zenodo.20269540 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz va qoraqalpoq tillarida “yaxshilik” va “yomonlik” kontseptlarining paremiologik ifodalanishi lingvomadaniy va qiyosiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda qoraqalpoq xalq maqollari asosiy empirik material sifatida olinib, ular ingliz tilidagi paremiologik birliklar bilan solishtiriladi. Natijada, mazkur kontseptlarning universalligi bilan bir qatorda milliy-madaniy xususiyatlari aniqlanadi. Ayniqsa, qoraqalpoq paremiologiyasida kollektivlik va ijtimoiy baho ustunligi, ingliz paremiologiyasida esa individualizm va pragmatik yondashuvning kuchliligi ilmiy asosda yoritiladi.
paremiologiyayaxshilikyomonliklingvomadaniyatingliz tiliqoraqalpoq tilimaqolkontseptaxloqiy qadriyatlarqiyosiy tahlil.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.