Yosh olimlar 4-jild 48-son (2026) · 49–53-betlar
TOJIDDIN JANDIYNING QO‘LYOZMA MEROSI: SAQLANISHI, O‘RGANILISHI VA ISTIQBOLLARI
Axtamova, Aziza
DOI: 10.5281/zenodo.20292566 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada o‘rta asrlarda yashab ijod etgan yirik tilshunos olim Tojiddin Ahmad ibn Mahmud Jandiy Buxoriyning hayoti, ilmiy faoliyati va u qoldirgan boy filologik meros manbashunoslik nuqtayi nazaridan tizimli tadqiq etilgan. Olimning asarlari ilk bor uchta tarkibiy guruhga ajratib tahlil qilingan: zamonaviy arab sharqshunosligida o‘rganilib nashr etilgan asarlari, jahon fondlarida qo‘lyozma holida saqlanayotgan bitiklari hamda bizgacha yetib kelmagan lisoniy risolalari. Tadqiqot natijasida Jandiyning nafaqat arab tili morfologiyasi (sarf) va sintaksisi (nahv), balki islom huquqi (fiqh), meros ilmi hamda balog‘at sohalarida ham yirik asarlar yaratgan serqirra alloma ekanligi ilmiy asoslab berilgan. Maqola Jandiy merosining lisoniy va mantiqiy-metodologik qimmatini ochib berish orqali, uni o‘zbek tilshunosligi va manbashunosligida chuqurroq o‘rganish uchun fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi.
arab tilshunosligiTojiddin Ahmad Jandiymorfologiya (sarf)sintaksis (nahv)fiqhbibliografik tahlilqo‘lyozma manbalar.arab tilshunosligiTojiddin Ahmad Jandiymorfologiya (sarf)
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.