Yosh olimlar 4-jild 48-son (2026) · 81–82-betlar
KUCHLI RUHIY HAYAJONLANISH HOLATIDA SODIR ETILGAN QASDDAN ODAM O‘LDIRISHNING JINOYAT-HUQUQIY TAVSIFI
Yo’ldosheva, Madinabonu
DOI: 10.5281/zenodo.20304470 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada kuchli ruhiy hayajonlanish (affekt) holatida sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish jinoyatining jinoyat-huquqiy va kriminologik tavsifi atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda fiziologik va patologik affekt tushunchalari, ularning shaxsning o‘z harakatlarini anglash va boshqarish qobiliyatiga ta’siri hamda qilmishni kvalifikatsiya qilishdagi ahamiyati ochib berilgan. Jabrlanuvchining tizimli ravishda sodir etgan g‘ayriqonuniy yoki axloqsiz xulq-atvori natijasida yuzaga keladigan kumulyativ affekt mexanizmi sud amaliyoti misollari va psixologik qonuniyatlar asosida yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 98-moddasini rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi asosida takomillashtirish, jumladan, uzoq davom etgan psixotravmatik vaziyat hamda ikki yoki undan ortiq shaxsni affekt holatida o‘ldirganlik uchun javobgarlikni differensiatsiya qilish masalalari bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
qasddan odam o‘ldirishkuchli ruhiy hayajonlanishaffektfiziologik affektpatologik affektpsixotravmatik vaziyatjabrlanuvchining axloqsiz xulq-atvorikvalifikatsiyakumulyativ effekt.qasddan odam o‘ldirish
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.