Yosh olimlar 4-jild 48-son (2026) · 109–115-betlar
NITENPYRAM TAHLILI UCHUN KOMBINATSIYALASHGAN XROMATOGRAFIK–SPEKTROFOTOMETRIK USULLARNI ISHLAB CHIQISH VA ULARNING ANALITIK SAMARADORLIGINI QIYOSIY BAHOLASH
Mirzaalimov, Sirajidin
DOI: 10.5281/zenodo.20306206 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda nitenpyramning veterinariya preparatlaridagi miqdorini aniqlash uchun kombinatsiyalashgan xromatografik va spektrofotometrik usullar ishlab chiqildi hamda qiyosiy baholandi. HPLC-UV, HPLC-DAD, UPLC-MS/MS, TLC-densitometriya va SPE-UV usullari ICH Q2(R1) talablari asosida validatsiya qilindi. UPLC-MS/MS usuli eng yuqori sezuvchanlikni namoyish etdi (LOD = 0.0008 µg/mL), HPLC-DAD esa yuqori aniqlik va optimal narx-samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan ajralib turdi. Barcha usullarda tiklanish 97.8–100.1% va RSD qiymatlari 0.45–2.87% oralig‘ida qayd etildi. Ishlab chiqilgan usullar Capstar® va Vetri-Kem® preparatlari tahlilida yuqori ishonchlilik va takroriylikni ko‘rsatdi. Olingan natijalar ushbu usullarning veterinariya farmatsevtikasi va pestitsid nazoratida samarali qo‘llanishini tasdiqlaydi.
nitenpyramneonikotinoid insektitsidlarHPLC-UVHPLC-DADUPLC-MS/MSTLC-densitometriyaanalitik validatsiyaveterinariya preparatlari.nitenpyramneonikotinoid insektitsidlar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.