Yosh olimlar 4-jild 48-son (2026) · 163–165-betlar

BOLALAR HAYOTI VA SOGʼLIGʼINI MUHOFAZA QILISH TEXNOLOGIYALARI

G., Sanginova, Rustamova, Ruxshona

DOI: 10.5281/zenodo.20307950 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tezisda bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishda qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar va yondashuvlar keng yoritiladi. Bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy salomatligini ta’minlash, ularni turli xavf-xatarlardan himoya qilish hamda sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bolalar salomatligini mustahkamlashda profilaktik chora-tadbirlar, jismoniy faollikni oshirish, to‘g‘ri ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish va psixologik muhitni sog‘lomlashtirishning ahamiyati yoritilgan. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali bolalarda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, ularni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu Tezisda ta’lim muassasalarida sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, gigiyenik talablar asosida muhit yaratish, bolalarda sog‘lom odatlarni shakllantirish usullari tahlil qilingan.

bolalar xavfsizligisog‘lom turmush tarzigigiyenaprofilaktikapedagogik texnologiyalarjismoniy rivojlanishruhiy salomatlik.bolalar xavfsizligisog‘lom turmush tarzigigiyena

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.