Yosh olimlar 4-jild 51-son (2026) · 60–63-betlar
MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA BOLALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI
Abduraxmonova, Maftuna
DOI: 10.5281/zenodo.20377820 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolajonlarimizni maktab ta’limiga to‘g‘ri va har tomonlama tayyorlash pedagogika sohasidagi eng qiziqarli muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Men talaba sifatida bog‘chalarda amaliyot o‘tash jarayonida shunga guvoh bo‘ldimki, bolaning kelajakda maktabda qiynalmasdan o‘qib ketishi nafaqat unga harflar va sonlarni yodlatishga, balki bog‘chada turli xil faoliyat turlarini qanchalik to‘g‘ri tashkil etishimizga bevosita bog‘liq ekan. Mening ushbu tadqiqotimdan ko‘zlangan asosiy maqsad bog‘chada bolalar faoliyatini, ya’ni qiziqarli o‘yinlar, rasm chizish, loyihalash va birgalikda ishlash jarayonlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maktabga tayyorlovda qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini amaliy jihatdan o‘rganish va ko‘rsatib berishdan iboratdir. Men ishimni olib borish davomida katta guruhdagi bolalarning real faoliyat jarayonlarini yaqindan kuzatdim hamda tarbiyachilar bilan suhbatlar o‘tkazdim. Kuzatishlarim shuni ko‘rsatdiki, bola turli xil jamoaviy va mustaqil o‘yinlarda, ijodiy ishlar va kichik mashg‘ulotlarda faol ishtirok etsa, unda mantiqiy fikrlash, diqqatni jamlash, iroda, mustaqillik va do‘stlari bilan til topishish kabi maktab uchun eng zarur bo‘lgan xislatlar juda tez shakllanar ekan. Shuningdek, tizimli tashkil etilgan o‘yin va mehnat faoliyatlari bolalarning qo‘l mushaklarini mustahkamlab, ularni yozuv darslariga ham ruhan, ham jismonan tayyorlaydi. Xulosa o‘rnida aytishim mumkinki, ushbu tezisda keltirilgan sodda tavsiyalar va faoliyat usullari maktabgacha ta’lim muassasalarida ishlayotgan yosh tarbiyachilar va amaliyotchi talabalar uchun juda asqotadi, chunki bolani faoliyat orqali maktabga tayyorlash uning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun mustahkam poydevordir.
Maktabgacha ta’limmening tadqiqotimmaktabga tayyorlashbolalar faoliyatio‘yin va ta’limjamoaviy hamkorlikmustaqil fikrlashyosh tarbiyachilarintellektual tayyorgarlikijodiy faollik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.