Yosh olimlar 4-jild 51-son (2026) · 64–66-betlar
MAKTABGACHA TALIMDA INNAVATSION G‘OYALARNI LOYIHALASH
Abduraxmonova, Maftuna
DOI: 10.5281/zenodo.20377825 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama intellektual va ijodiy yetuk qilib tarbiyalash uchun mutlaqo yangicha va innovatsion yondashuvlar zarur bo‘lmoqda. Men o‘z tadqiqotimda bugungi kunda bog‘chalarda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan yangi innovatsion g‘oyalarni loyihalash va ularni guruh amaliyotiga qanday to‘g‘ri joriy etish mumkinligini o‘rganishni maqsad qilib oldim. Biz yaxshi bilamizki, bolani shunchaki an’anaviy darslar bilan qiziqtirish qiyin, shu sababli tarbiyachining innovatsion loyihalar yaratishi va darslarni o‘yin shakliga keltirishi eng to‘g‘ri yo‘ldir. Men bog‘chada amaliyot o‘tash davomida interaktiv o‘yinlar, raqamli texnologiyalar va ijodiy burchaklar yordamida bolalarning fikrlash doirasi qanchalik tez o‘sishini yaqindan kuzatdim. Olib borgan kuzatishlarim shuni ko‘rsatdiki, yangi g‘oyalarni loyihalash bolalarda tanqidiy tafakkurni, jamoada ishlash qobiliyatini va mustaqillikni juda chiroyli shakllantirar ekan. Mening ushbu ishimda keltirilgan tavsiyalar va amaliy loyihalash usullari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan yosh tarbiyachilar hamda men kabi amaliyotchi talabalar uchun kundalik faoliyatda juda yaxshi uslubiy qo‘llanma bo‘la oladi. Xulosa o‘rnida aytishim mumkinki, ta’limda innovatsion g‘oyalarni to‘g‘ri loyihalash bolaga tayyor bilimlarni berish emas, balki amaliy o‘yinlar va kashfiyotlar orqali dunyoni mustaqil o‘rganishiga zamin yaratadigan eng samarali vositadir.
Maktabgacha ta’limmening tadqiqotiminnovatsion g‘oyalarloyihalashinteraktiv metodlartanqidiy fikrlashijodiy muhitzamonaviy tarbiyachijamoaviy hamkorlikmustaqil kashfiyotlar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.