Yosh olimlar 4-jild 51-son (2026) · 147–148-betlar

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MAYDA MOTORIKANI RIVOJLANTIRISHGA DOIR O‘YINLAR

Aliyeva, Odinaxon

DOI: 10.5281/zenodo.20395261 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda mayda motorika ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati, uning nutq va aqliy faoliyat bilan uzviy bog‘liqligi yoritilgan. Tadqiqotda mayda motorika rivoji bolaning keyingi o‘qish, yozish, chizish va mustaqil hayot faoliyatiga tayyorgarlik jarayonidagi muhim omil sifatida talqin etiladi. Shuningdek, maqolada grafomotor, manipulyativ, sensorli mashqlar hamda konstruktiv o‘yinlar orqali bolalarning barmoq harakatlarini rivojlantirish usullari tahlil qilingan. Amaliy misollar asosida ipga terish, plastilin bilan ishlash, barmoq bo‘yoqlari yordamida rasm chizish, qog‘ozni yirtish va yopishtirish kabi mashg‘ulotlarning samaradorligi ko‘rsatib berilgan.

mayda motorikamaktabgacha yoshgrafomotor mashqlarmanipulyativ mashqlarsensorli mashqlarkonstruktiv o‘yinlarnutq va motorika aloqasi.mayda motorikamaktabgacha yoshgrafomotor mashqlar

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.