Yosh olimlar 4-jild 52-son (2026) · 8–10-betlar
RASMLAR ASOSIDA BOLALARNING SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISH
Muhammedova, Zamiraxon, Sanginova, Gulnozaxon
DOI: 10.5281/zenodo.20424137 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning so‘z boyligini oshirishda rasmlardan foydalanishning pedagogik ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida turli mavzudagi rasmlar asosida bolalarning nutqini rivojlantirish, yangi so‘zlarni o‘zlashtirish va mustaqil fikr bayon qilish ko‘nikmalarini shakllantirish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, rangli va mazmunli tasvirlar yordamida bolalarda kuzatuvchanlik, tafakkur va og‘zaki nutq faolligini rivojlantirish mumkinligi asoslab berilgan. Rasmlar bilan ishlash jarayonida savol-javob, hikoya tuzish va predmetlarni tavsiflash kabi metodlarning samaradorligi ko‘rsatib o‘tilgan.
rasmli ta’limso‘z boyliginutq rivojimaktabgacha ta’limbolalar psixologiyasiog‘zaki nutqtasviriy metodlug‘at boyitishtafakkurpedagogik texnologiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.