Yosh olimlar 4-jild 52-son (2026) · 98–101-betlar

QADIMGI KULOLCHILIK VA SHISHA HUNARMANDCHILIGINING QISQACHA TARIXI

Qovulov, Jo’rabek

DOI: 10.5281/zenodo.20443462 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada kulolchilik va shisha ishlab chiqarishning qadimgi davrlardan to zamonaviy texnologik taraqqiyot bosqichlarigacha bo‘lgan rivojlanish tarixi yoritilgan. Unda ilk sopol buyumlarning paydo bo‘lishi, Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharqda kulolchilikning keng tarqalishi, g‘ildirakning ixtiro qilinishi hamda chinni va shisha ishlab chiqarish texnologiyalarining shakllanishi tahlil qilingan. Shuningdek, sanoat inqilobi davrida refrakter materiallar va yuqori haroratli pechlarning yaratilishi natijasida kulolchilik sanoatining tubdan o‘zgarishi ko‘rsatib berilgan. Maqolada XX–XXI asrlarda texnik keramika, elektronika, optoelektronika, tibbiyot va nanotexnologiya sohalarida keramika hamda shishaning qo‘llanilishi haqida ham ma’lumotlar berilgan. Tadqiqot natijasida kulolchilik va shisha sanoatining insoniyat taraqqiyoti hamda zamonaviy texnologiyalar rivojidagi muhim o‘rni ochib beriladi.

Kulolchilikkeramikashisha ishlab chiqarishchinnisopol buyumlarrefrakter materiallarsanoat inqilobitexnik keramikananotexnologiyaAttika vazalari

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.