Yosh olimlar 4-jild 52-son (2026) · 121–124-betlar

TURIZM — MAMLAKAT IQTISODIYOTINING STRATEGIK TARMOG‘I

Aliqulova, Madina

DOI: 10.5281/zenodo.20454178 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Turizm bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotining eng muhim va strategik tarmoqlaridan biri sifatida tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu soha nafaqat iqtisodiy o‘sishni tezlashtiradi, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, infratuzilmani rivojlantirish va hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy farqlarni kamaytirishga ham xizmat qiladi. Turizm orqali mamlakatga xorijiy valyuta oqimi ortadi, xizmatlar sohasi kengayadi hamda kichik va o‘rta biznes subyektlari faoliyati faollashadi. Shuningdek, turizm madaniy almashinuvni kuchaytirib, xalqaro aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi. Maqolada turizmning iqtisodiyotdagi strategik o‘rni, uning rivojlanish tendensiyalari hamda mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va sohada raqamli texnologiyalarni qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida turizm salohiyatini oshirish imkoniyatlari va mavjud muammolar ham ko‘rib chiqiladi. Maqola turizmni iqtisodiy rivojlanishning muhim drayveri sifatida baholab, uning istiqboldagi o‘rni va ahamiyatini asoslab beradi.

turizmiqtisodiyotstrategik tarmoqinvestitsiyainfratuzilmaxizmatlar sohasiyalpi ichki mahsulotraqamli texnologiyalarmadaniy almashinuvO‘zbekiston

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.