Yosh olimlar 4-jild 53-son (2026) · 10–14-betlar
RASMLAR ASOSIDA BOLALARNING SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISH
Isojova, Mubinaxon
DOI: 10.5281/zenodo.20483490 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu tezisda rasmlar va ko‘rgazmali vositalar asosida maktabgacha hamda kichik maktab yoshidagi bolalarning so‘z boyligini oshirishning pedagogik va metodik asoslari yoritilgan. Bola shaxsining shakllanishi va ijtimoilashuvida nutqning o‘rni beqiyos bo‘lib, lug‘at boyligini kengaytirish uzluksiz ta’limning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Kichik yoshdagi bolalarning fikrlashi ko‘rgazmali-obrazli xarakterga ega bo‘lganligi sababli, axborotni tasvirlar orqali qabul qilish nutqiy rivojlanishda yuqori samara beradi. Rasmlar bolaga nafaqat yangi so‘zlarni yodlash, balki narsa va hodisalarning belgilarini, ularning o‘zaro mantiqiy aloqalarini tahlil qilish imkonini beradi. Rasmlar bilan ishlash jarayonida oʻquvchilarning kuzatuvchanligi, tasavvuri va ogʻzaki nutqi rivojlanadi. Shuningdek, rasm asosida savol-javob, hikoya tuzish, predmetlarni tavsiflash kabi interfaol metodlardan foydalanish yoʻllari koʻrsatib oʻtilgan. Mazkur metod darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishga xizmat qiladi hamda oʻquvchilarning lugʻat boyligini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
rasmlarso‘z boyliginutq o‘stirishmaktabgacha ta’limsyujetli tasvirlarbog‘lanishli nutqko‘rgazmaliliklug‘at boyligimantiqiy fikrlashpedagogik tavsiyalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.