Yosh olimlar 4-jild 53-son (2026) · 15–18-betlar

OILA VA BOG‘CHA HAMKORLIGIDA TARBIYA SAMARADORLIGI

Isojova, Mubinaxon

DOI: 10.5281/zenodo.20483492 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tezisda maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama shaxs bo‘lib shakllanishi hamda ijtimoilashuv jarayonida "oila va bog‘cha" hamkorligining ilmiy-pedagogik asoslari va tarbiya samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Bola taraqqiyotining eng muhim poydevori hisoblangan dastlabki yetti yillik davrda ikki yetakchi ijtimoiy institut — oila muhiti hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasida uzviy integratsiyani ta’minlash bugungi zamonaviy pedagogikaning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Neyropedagogik va psixologik tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, ta’lim muassasasida beriladigan bilim va ko‘nikmalar oilada amaliy jihatdan izchil mustahkamlanganda, bolaning intellektual, kommunikativ va kognitiv o‘sish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yuqorilaydi.

oila va bog‘chatarbiya samaradorligimaktabgacha ta’limijtimoilashuvhamkorlik shakllariintegratsiyayagona talablarpedagogik monitoringota-onalar maktabiadaptatsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.