Yosh olimlar 4-jild 54-son (2026) · 8–10-betlar

INSON RUHIYATINING GEOGRAFIYASI: "JINOYAT VA JAZO" ROMANIDAGI METAFORALAR VA OBRAZLAR TIZIMI

Elmurodova, Ruhshona

DOI: 10.5281/zenodo.20528105 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada Fiodor Mixaylovich Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo" romonidagi ramzlar, etakchi metaforalar va obrazlar tizimi chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida asardagi makon (Piterburg shahri, Raskolnikovning "tobut" xonasi), ranglar semantikasi (sariq rang metaforasi) va qahramonlarning duaistik (ikkiyoqlama) tabiati yoritib berilgan. Shuningdek, bosh qahramon Rodion Raskolnikovning "egizak obrazlari" (Lujin va Svidrigaylov) hamda Injildagi "Lazar qissasi" orqali inson ruhining tanazzuli va qayta tirilish jarayonlari adabiy-falsafiy jihatdan asoslab berilgan. Maqola asarning detektiv syujet ortiga yashiringan chuqur psixologik qatlamlarini ochib berishga xizmat qiladi.

DostoyevskiyJinoyat va jazoRodion RaskolnikovSonya MarmeladovametaforaramzPiterburgsariq rangdualizmegizak obrazlar

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.