Yosh olimlar 4-jild 54-son (2026) · 150–153-betlar
AKT YORDAMIDA OʻQUVCHILARNING MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH METODLARI
Ne’matov, Oybek, Xudoynazarova, Mohinur
DOI: 10.5281/zenodo.20539289 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) yordamida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida AKT vositalaridan samarali foydalanish o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda muammolarni hal etish qobiliyatlarini rivojlantirishning muhim omili sifatida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida interaktiv metodlar, elektron ta’lim platformalari, virtual laboratoriyalar, multimedia vositalari va ta’limiy o‘yinlarning o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy va mahalliy olimlarning AKTni ta’lim jarayoniga integratsiyalash hamda o‘quvchilarning tanqidiy va tahliliy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga oid ilmiy qarashlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari AKT vositalari asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning axborotni izlash, tahlil qilish, umumlashtirish va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshirishi va mustaqil ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytirishi aniqlandi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)mantiqiy fikrlashta’lim jarayoniinteraktiv metodlarraqamli texnologiyalarvirtual laboratoriyalarelektron ta’limtanqidiy fikrlashta’limiy o‘yinlarinnovatsion pedagogik texnologiyalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.