Yosh olimlar 4-jild 55-son (2026) · 72–77-betlar

OʻZBEK FOLKLORIDA OLQISHLAR VA QARGʻISHLARNING ANTROPOTSENTRIK TILSHUNOSLIK NUQTAI NAZARIDAN TAHLILI

Jamoliddinova, Iroda, Xojibekova, Ma’mura

DOI: 10.5281/zenodo.20570477 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada oʻzbek folklorida keng tarqalgan olqishlar va qargʻishlar antropotsentrik tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Olqish va qargʻish – xalq ogʻzaki ijodining oʻziga xos janrlari sifatida insonning dunyoqarashi, axloqiy tizimi, qadriyatlari va madaniy xotirasini bevosita aks ettiradi. Tadqiqotda ushbu janrlarning tarkibiy-semantik xususiyatlari, insonni markazga qoʻyuvchi antropotsentrik yoʻnalish, ularning leksik-semantik maydonlari va pragmatik vazifalari koʻrib chiqiladi. Oʻzbek folklorida olqish va qargʻishlarning inson obrazini qanday shakllantirganligi, ularda ifodalangan ijobiy va salbiy axloqiy me'yorlar hamda milliy madaniy kodlar tahlil asosida koʻrsatib beriladi. Tadqiqot natijalari antropotsentrik lingvistika doirasida oʻzbek xalq folklori leksikasining inson haqidagi tasavvurlarni naqadar chuqur saqlaganini isbotlaydi.

olqishqargʻishantropotsentrik tilshunoslikoʻzbek folklorixalq ogʻzaki ijodipragmatikasemantikaaxloqiy me'yormilliy mentalitetinson obrazi

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.