Yosh olimlar 4-jild 55-son (2026) · 78–83-betlar
INSON HARAKTERI BILAN BOGʻLIQ OʻXSHATISHLARNING SEMANTIK TAHLILI
Jamoliddinova, Iroda, Rahimova, Nargiza
DOI: 10.5281/zenodo.20570481 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada oʻzbek tilidagi inson harakteri bilan bogʻliq oʻxshatishlar semantik jihatdan tahlil qilinadi. Oʻxshatish – tilning eng faol tasviriy vositalaridan biri sifatida insonning ruhiy holati, fe’l-atvor xususiyatlari, xarakter belgilari va ijtimoiy munosabatlarini ifodalashda muhim oʻrin tutadi. Tadqiqotda inson harakteri va xulq-atvorini tavsiflovchi oʻxshatishlar leksik-semantik, kognitiv va lingvomadaniy nuqtayi nazardan koʻrib chiqiladi. Ijobiy va salbiy xarakter belgilarini ifodalovchi etalon tizimi, zoosimvolik, tabiat hodisalari va ijtimoiy-madaniy hayotdan kelib chiqqan oʻxshatish modellari misollar asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari oʻzbek tilida inson harakatini tasvirlashda oʻxshatishning semantik imkoniyatlari benihoya keng va milliy-madaniy asosga egaligini koʻrsatadi.
oʻxshatishsemantik tahlilinson harakterixulq-atvorleksik-semantik maydonkognitiv lingvistikaoʻxshatish etalonizoosimvolikmilliy mentalitetoʻzbek tili.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.