Yosh olimlar 4-jild 56-son (2026) · 99–105-betlar

O‘ZBEKISTONNING АMIR TEMUR VА TEMURIYLАR ME’MORCHILIGI

Qudratov, N., Sunnatov, M.

DOI: 10.5281/zenodo.20610835 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada Amir Temur va Temuriylar davri me’morchiligining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda uning O‘rta Osiyo va jahon me’morchiligi tarixidagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda Temuriylar davrida Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Hirot va Turkiston shaharlarida bunyod etilgan me’moriy obidalar, ularning badiiy va muhandislik xususiyatlari yoritilgan. Bibixonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Oqsaroy, Ahmad Yassaviy maqbarasi, Ulug‘bek madrasalari va rasadxonasi kabi yodgorliklarning me’moriy yechimlari, bezak san’ati va shaharsozlik taraqqiyotidagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, Temuriylar davrida koshinkorlik, naqqoshlik, xattotlik va tasviriy san’atning me’morchilik bilan uzviy bog‘liqligi, me’moriy obidalarda matematika va geometriya qonuniyatlarining qo‘llanilishi ham tahlil etilgan. Maqolada Temuriylar me’morchilik maktabining keyingi davr Sharq va musulmon me’morchiligiga, jumladan, Boburiylar davri me’morchiligiga ko‘rsatgan ta’siri ilmiy asosda yoritilgan.

Amir TemurTemuriylar davrime’morchilikSamarqandShahrisabzHirotBibixonim masjidiGo‘ri Amir maqbarasiShohi ZindaOqsaroy

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.