Yosh olimlar 4-jild 56-son (2026) · 139–141-betlar
O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH — DINDORLIK VA XULQ-ATVOR O‘RTASIDAGI VOSITACHI OMIL SIFATIDA
Ibragimov, Jaxongir
DOI: 10.5281/zenodo.20623573 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada dindorlikning shaxs xulq-atvoriga ta‘sirida o‘z-o‘zini nazorat qilish (self-control) xususiyatining vositachi (mediator) roli xalqaro empirik tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Dindorlik izchil ravishda yuqori o‘z-o‘zini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lib, aynan shu mexanizm orqali xavfli xatti-harakatlarni – giyohvand moddalar iste‘moli, jinoyatchilik, antisotsial xulq – kamaytiradi. Onlayn kontekstda esa bu mexanizm qimor va boshqa zararli onlayn faoliyatlarga qaramlikni susaytirishda namoyon bo‘ladi. Dindorlikning himoya ta‘siri ko‘pincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlar orqali emas, balki umumiy o‘z-o‘zini tartibga solish qobiliyatini rivojlantirish orqali amalga oshishi asoslanadi.
o‘z-o‘zini nazorat qilishdindorlikvositachi omilo‘z-o‘zini tartibga solishantisotsial xulq-atvoronlayn qaramlikmonitoring.o‘z-o‘zini nazorat qilishdindorlikvositachi omil
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.