Yosh olimlar 4-jild 56-son (2026) · 142–147-betlar

TALABALARNING INGLIZ TILIDAN LUG‘AT BOYLIGINI OSHIRISHNING SAMARALI USULLARI

Hamroyeva, Guli

DOI: 10.5281/zenodo.20623784 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada talabalarning ingliz tilidan lug‘at boyligini oshirishda qo‘llaniladigan samarali usullar tahlil qilinadi. Xorijiy tilni mukammal o‘rganishda grammatika, talaffuz va nutq ko‘nikmalari bilan bir qatorda lug‘at boyligi ham muhim o‘rin tutadi. Chunki yetarli so‘z zaxirasiga ega bo‘lmagan talaba o‘z fikrini erkin ifoda etishda, matnlarni tushunishda, tinglab anglashda va yozma nutqni shakllantirishda qiyinchiliklarga duch keladi. Maqolada lug‘atni kontekst asosida o‘rganish, muntazam takrorlash, flesh-kartalardan foydalanish, o‘qish va tinglash mashqlari, muloqot amaliyoti, raqamli platformalar hamda individual lug‘at daftarini yuritish kabi usullarning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, talabalarning passiv lug‘atini aktiv lug‘atga aylantirish, ya’ni bilinadigan so‘zlarni amalda ishlata olish darajasiga yetkazish masalasi ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, lug‘at boyligini oshirishda birgina yodlash usuli yetarli emas; aksincha, o‘qish, tinglash, yozish va gapirish faoliyatlarini o‘zaro bog‘liq holda olib borish eng samarali natijani beradi.

Ingliz tililug‘at boyligileksikatalabalarso‘z boyligikonteksttakrorlashflesh-kartatil o‘rganishkommunikativ yondashuv

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.