Yosh olimlar 4-jild 37-son (2026) · 101–103-betlar

O‘QUVCHILARDA INTIZOMIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHDA BIBLIOTERAPIYA VA STEAM INTEGRATSIYASINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

PANJIYEVA, MUATTAR

DOI: 10.5281/zenodo.20637171 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada maktab oʻquvchilarida intizomiy sifatlarni shakllantirishda biblioterapiya (kitob orqali davolash va tarbiyalash) hamda STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, sanʼat va matematika) yondashuvlarini integratsiya qilishning pedagogik va psixologik xususiyatlari tadqiq etiladi. STEAM taʼlimi oʻquvchilarda tanqidiy fikrlash, jamoada ishlash va loyihalarni boshqarish orqali ichki intizomni (oʻz-oʻzini boshqarishni) rivojlantirsa, biblioterapiya badiiy asarlar qahramonlari misolida emotsional intellekt, masʼuliyat va ijtimoiy xulq-atvor normalarini shakllantirishga yordam beradi. Maqolada har ikkala metodning oʻzaro uygʻunligi oʻquvchining ham intellektual, ham axloqiy-intizomiy rivojlanishiga qanday taʼsir koʻrsatishi ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan.

Intizomiy sifatlar, oʻquvchilar, biblioterapiya, STEAM integratsiyasi, pedagogik-psixologik xususiyatlar, oʻz-oʻzini boshqarish, emotsional intellekt, interaktiv taʼlim.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.