Yosh olimlar 4-jild 56-son (2026) · 155–156-betlar

QORAQALPOG'ISTON JELVAK FOSFORIT UNINI AMMONIY SULFAT BILAN FAOLLASHTIRISH ASOSIDA GRANULALANGAN AZOT-FOSFORLI O'G'ITLAR OLISH

Urazmatova, D.SH., Pirnazarov, B.U.

DOI: 10.5281/zenodo.20637413 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

O'zbekiston agrosanoat majmuasining fosforli o'g'itlarga bo'lgan yillik ehtiyoji atigi 20–30% darajada qondirilmoqda. Qoraqalpog'istonda Xo'jakul, Porlitau, Xo'jayli, Nazarxon kabi o'nlab past sortli jelvak fosforit konlari mavjud bo'lib, ularni an'anaviy kislotali qayta ishlash iqtisodiy samarasiz: yuqori temir va alyuminiy oksidlari P2O5 ning 30% gacha qismini o'zlashtirilmaydigan shaklga bog'laydi. Muqobil yo'l — mexanokimyoviy faollashtirish: D.N.Pryanishnikov tajribalari (1900-y.) ammoniy tuzlari, ayniqsa ammoniy sulfat, fosforitga kuchli eritish ta'sirini ko'rsatishini aniqlagan.

jelvak fosforit uniammoniy sulfatmexanokimyoviy faollashtirishgranulalashazot-fosforli o'g'it.jelvak fosforit uniammoniy sulfatmexanokimyoviy faollashtirishgranulalashazot-fosforli o'g'it.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.