Yosh olimlar 4-jild 57-son (2026) · 4–10-betlar

XALQARO TRANSPORT FAOLIYATLARI LOGISTIKASI

Choriyev, Xoliqul, Raximberganova, Havojon

DOI: 10.5281/zenodo.20637573 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada xalqaro transport faoliyatlari logistikasining zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni, transport koridorlari samaradorligi, multimodal tashuvlarning rivojlanish tendensiyalari hamda global ta’minot zanjirlarining barqaror faoliyatini ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida xalqaro yuk oqimlarining shakllanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, geografik va institutsional omillar o‘rganilib, transport-logistika tizimlarining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi mexanizmlar yoritilgan. Shuningdek, raqamlashtirish, logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va bojxona jarayonlarini optimallashtirishning xalqaro tashuvlar samaradorligiga ta’siri ilmiy asosda baholangan. Tahlillar natijasida transport xarajatlarini qisqartirish, yuklarni yetkazib berish muddatlarini kamaytirish hamda tranzit salohiyatidan samarali foydalanish xalqaro logistika tizimlarining asosiy ustuvor yo‘nalishlari ekanligi aniqlangan. Maqolada O‘zbekistonning xalqaro transport koridorlaridagi o‘rni va uning mintaqaviy logistika markaziga aylanish istiqbollari ham ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan asoslab berilgan.

xalqaro logistikatransport faoliyatitransport-logistika tizimimultimodal tashuvlarintermodal transportxalqaro transport koridorlaritranzit salohiyatiyuk oqimlarita’minot zanjirilogistika infratuzilmasi

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.