Yosh olimlar 4-jild 57-son (2026) · 134–141-betlar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XUSUSIY BANKLARINING DIVIDEND SIYOSATI TAHLILI
G‘aniyev, Sardor, Norboyev, Jahongir
DOI: 10.5281/zenodo.20666497 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida xususiy banklarning dividend siyosati nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Dividend to‘lovlari korporativ moliya nazariyasidagi signal berish, agentlik xarajatlarini kamaytirish, rezidual dividend va hayotiy sikl nazariyalari bilan bog‘liq holda yoritiladi. Empirik qismda O‘zbekiston bank tizimining 2022–2024-yillardagi hamda 2025-yil 1-sentabr holatidagi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari, xususiy banklarning bank tizimidagi ulushi, shuningdek Hamkorbank va Kapitalbank misolida dividend amaliyoti ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari xususiy banklarda dividend siyosati konservativ xarakterga ega ekanini, ya’ni foydaning katta qismi kapital bazasini kengaytirish, aktivlar o‘sishini moliyalashtirish va prudensial me’yorlarni saqlashga yo‘naltirilayotganini ko‘rsatadi.
xususiy bankdividend siyosatidividend payout ratiokapital yetarliligiHamkorbankKapitalbanksof foydaaksiyadorlik qiymatibank rentabelligikorporativ boshqaruv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.