Yosh olimlar 4-jild 58-son (2026) · 7–10-betlar

ISPAN VA O’ZBEK TILLARIDA "OQ" VA "QORA" RANGLI FRAZEOLOGIZMLARNING SEMANTIK-KONSEPTUAL TAHLILI

Sabirova, Nilufar

DOI: 10.5281/zenodo.20675666 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu ilmiy tezisda ispan va o‘zbek tillaridagi “oq” (blanco) va “qora” (negro) rang komponentli frazeologik birliklarning semantik-konseptual xususiyatlari qiyosiy jihatdan tadqiq etilgan. Ranglar insoniyat madaniyatida va lisoniy dunyo manzarasida nafaqat vizual qabul qilish vositasi, balki chuqur ramziy, konnotativ hamda konseptual ma’nolarni ifodalovchi universal va milliy-madaniy kodlar hisoblanadi. Tadqiqot davomida har ikkala tildagi xalqona iboralar, maqol va matallarning lingvokognitiv tabiati tahlil qilinib, ularning o‘xshash va farqli jihatlari faktik materiallar asosida ko‘rsatib berilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, “oq” rangi har ikkala madaniyatda asosan ijobiy (poklik, tinchlik, omad), “qora” rangi esa salbiy (motam, baxtsizlik, yovuzlik) konseptlar bilan bog‘lansa-da, tillarning o‘ziga xos tarixiy-ijtimoiy rivojlanishi tufayli milliy va o‘ziga xos assotsiatsiyalar ham mavjud.

frazeologizmrang simvolikasikonseptual tahlillingvokultrologiyaoq rangqora rangispan tilio‘zbek tililisoniy dunyo manzarasi.frazeologizm

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.