Yosh olimlar 4-jild 58-son (2026) · 160–164-betlar
DRAMA PEDAGOGIKASI VOSITASIDA ADABIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
Fayziyeva, Gulchiroy
DOI: 10.5281/zenodo.20733024 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish asosida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining adabiy kompetensiyasini rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi o‘quv jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etishni taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan, sun’iy intellekt vositalari adabiy matnlarni tahlil qilish, talqin etish, qahramonlar xarakterini o‘rganish, badiiy vositalarni aniqlash hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali pedagogik vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqotda adabiy kompetensiyaning lingvistik, interpretativ, kontekstual, estetik va refleksiv-ijodiy komponentlari tahlil qilinib, ularni shakllantirishda sun’iy intellekt texnologiyalarining imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, ChatGPT, Gemini va boshqa generativ sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish orqali talabalarning adabiy matnlarni chuqurroq anglash, muallif pozitsiyasini aniqlash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt vositalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi talabalarning o‘quv motivatsiyasini oshirishi, mustaqil ta’lim faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi hamda adabiy kompetensiyaning turli komponentlarini samarali rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Maqola natijalari oliy ta’lim muassasalarida ingliz adabiyotini o‘qitish metodikasini takomillashtirish uchun ilmiy-metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
adabiy kompetensiyasun’iy intellektingliz tili ta’limiadabiy matninterpretativ kompetensiyatanqidiy fikrlashraqamli texnologiyalar.adabiy kompetensiyasun’iy intellektingliz tili ta’limi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.