Yosh olimlar 4-jild 58-son (2026) · 178–180-betlar
BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING O‘QISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY-MA’NAVIY MEROSGA ASOSLANGAN YONDASHUV
N.A.Alimxanova, N.A.Alimxanova
DOI: 10.5281/zenodo.20741249 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishda milliy-ma’naviy merosga asoslangan yondashuvning ahamiyati yoritiladi. Maqolada ingliz tili ta’limida o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni nafaqat lingvistik bilimlarni rivojlantirish, balki talabalarning ma’naviy dunyoqarashi, madaniy tafakkuri va kasbiy kompetentligini takomillashtirish bilan bog‘liq ekani asoslanadi. Milliy-ma’naviy meros namunalaridan foydalanish orqali talabalarda matnni tushunish, tahlil qilish, asosiy g‘oyani ajratish, tanqidiy fikrlash va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada bunday yondashuv bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ularning o‘quv jarayonida madaniy-ma’rifiy mazmundagi matnlardan samarali foydalanish malakasini shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.
o‘qish ko‘nikmalaribo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarimilliy-ma’naviy merosingliz tili ta’limio‘qib tushunishmatn tahlilitanqidiy fikrlashmadaniy kompetensiyakasbiy kompetentlikma’naviy tarbiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.