Yosh olimlar 4-jild 58-son (2026) · 197–199-betlar

TUPROQ TARKIBIDAGI OZIQA ELEMENTLARINING MEVA-SABZAVOT EKINLARI RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI

Baxodirova, Marjonaxon, Karimova, Sardora, O‘ktamova, Mubinabonu

DOI: 10.5281/zenodo.20741420 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada intensiv dehqonchilik sharoitida tuproq tarkibidagi oziqa elementlarining muvozanatini saqlash, ularning meva-sabzavot ekinlari fiziologik rivojlanishi, hosildorligi hamda mahsulotining sifat ko‘rsatkichlariga ko‘rsatadigan ta’siri tizimli ravishda tahlil qilinadi. Global iqlim o‘zgarishi va yerlardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida tuproq unumdorligining pasayishi hamda ozuqa disbalansining yuzaga kelishi bugungi kunning eng dolzarb agrar muammolaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot doirasida asosiy makroelementlar — azot, fosfor va kaliyning o‘simlik vegetativ massasining o‘sishi, ildiz tizimining shakllanishi, gullash hamda meva tugish jarayonlaridagi o‘ziga xos funksional vazifalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, mezo va mikroelementlar (kalsiy, magniy, temir, bor, rux) ning fotosintez intensivligi, xlorofill sintezi va o‘simliklarning immun tizimini kuchaytirishdagi roli ochib berilgan. Maqolada oziqa elementlari yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqadigan xloroz va pomidor mevalarining uchi chirishi (Blossom-end rot) kabi fiziologik kasalliklarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish choralari yoritilgan. Olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, tuproq diagnostikasi asosida makro va mikroelementlarni muvozanatli (fertigatsiya va barg orqali) qoalash ekinlar hosildorligini 25–30% gacha oshirish, mevalar tarkibidagi qand miqdori va vitamin C hajmini yaxshilash hamda mahsulotning omborda saqlanish muddatini uzaytirish imkonini beradi. Maqola yakunida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tovarlik sifatini oshirish va ekologik xavfsiz "Organic" mahsulot yetishtirishda ozuqa rejimini barqaror boshqarish bo‘yicha amaliy agrotexnik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

tuproq unumdorligimakroelementlarmikroelementlarazotfosforkaliykalsiyxlorozuchi chirish kasalligimeva-sabzavot sifati

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.