Yosh olimlar 4-jild 59-son (2026) · 27–35-betlar

MAKTAB DIREKTORLARINING BOSHQARUV KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA XORIJIY (FINLANDIYA, SINGAPUR VA JANUBIY KOREYA) VA MILLIY TAJRIBA TAHLILI

Aziza, Normurodova

DOI: 10.5281/zenodo.20744876 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada maktab direktorlarining boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy va milliy tajribalar qiyosiy tahlil qilindi. Xorijiy tajriba sifatida Finlandiya, Singapur va Janubiy Koreya ta’lim tizimlarida maktab rahbarlarini tayyorlash, kasbiy rivojlantirish, mentorlik, strategik boshqaruv, o‘quv jarayoniga yetakchilik qilish hamda maktab jamoasini rivojlantirish amaliyotlari o‘rganildi. Milliy tajriba sifatida O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti faoliyati hamda rahbar kadrlar malakasini oshirish jarayonlari tahlil qilindi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, kontent-tahlil va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Maqolada maktab direktorlarining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish uchun milliy modelni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.

maktab direktoriboshqaruv ko‘nikmalarita’lim menejmentipedagogik liderlikstrategik boshqaruvkasbiy rivojlanishxorijiy tajribamilliy tajribaA.Avloniy institutimaktab direktori

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.