Yosh olimlar 4-jild 59-son (2026) · 90–94-betlar

SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH VA EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Azizova, Gulbahor

DOI: 10.5281/zenodo.20760005 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada bugungi kunda global darajadagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lgan suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasi tadqiq etiladi. Tadqiqot obyekti sifatida Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani 3-son texnikum talabalari tanlab olindi. Tadqiqotning maqsadi yoshlar o‘rtasida suvdan foydalanish madaniyatini o‘rganish, ularning ushbu sohadagi bilim va ko‘nikmalarini tahlil qilish hamda suv isrofini kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot davomida miqdoriy va sifat tahlili usullaridan, xususan, so‘rovnoma va intervyu metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, talabalarning aksariyati suv tanqisligi muammosini anglab yetsa-da, kundalik hayotda suvni tejash texnologiyalari haqida yetarli ma’lumotga ega emas. Maqolada ushbu bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun ta’lim muassasalarida maxsus ekologik dasturlarni joriy etish zarurligi asoslab berilgan. Tadqiqot yakunida olingan ma’lumotlar asosida yosh avlodda suvga bo‘lgan mas’uliyatli munosabatni shakllantirishning ilmiy-nazariy va amaliy yechimlari taklif etilgan.

suv resurslarioqilona foydalanishDang‘ara tumaniekologik madaniyattexnikum talabalarisuv tanqisligibarqaror rivojlanishsuv resurslarioqilona foydalanishDang‘ara tumani

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.